Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati B. Muydinov tomonidan “Sarvontepa” MFY hududida xotin-qizlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.
Suhbat davomida xotin-qizlarning murojaatlari, taklif va muammolari tinglanib, ularning bandligini ta’minlash, kasb-hunarga jalb etish hamda tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, oilalarda ijtimoiy muhitni yaxshilash, xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan fikr almashildi.
Muloqot yakunida bildirilgan murojaat va takliflarni o‘rganish hamda amaliy yechim topish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.
Xotin-qizlar bilan ochiq muloqot — ularning muammolarini eshitish va yechim topishning muhim vositasi!