Xalq deputatlari viloyat Kengashi kotibiyati mudiri N. Toychiyeva hamda Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi raisi R. Ziyayev tomonidan Andijon shahar Pirmuhammedov (Soy) ko‘chasida joylashgan, Amerika Qo‘shma Shtatlari investitsiyasi asosida tashkil etilgan zamonaviy Tibbiyot majmuasi va sog‘lomlashtirish markazi faoliyati o‘rganildi.
Tanishuv davomida markazda fuqarolar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, xorijdan keltirilgan zamonaviy tibbiy jihozlar, tashxis qo‘yish va davolash uskunalari hamda ularning imkoniyatlari ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy va sog‘lomlashtirish xizmatlari, malakali mutaxassislar faoliyati bilan yaqindan tanishildi.
Markaz faoliyatini yanada rivojlantirish, aholiga zamonaviy va sifatli tibbiy xizmatlarni kengaytirish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.
Aholi salomatligi — doimiy e’tiborda!