35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
ONA SUTI BILAN OZIQLANTIRISHNI QO‘LLAB-QUVVATLASH VA GO‘DAKLAR HAMDA KICHIK YOSHDAGI BOLALAR OZIQLANISHINI HIMOYA QILISH
янв.21
Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida sanitariya-gigiyena talablari va ovqatlanish sharoitlari yuzasidan Deputatlik nazorati
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI JOYIDA O‘RGANILIB, AMALIY CHORALAR BELGILANDI
янв.21
“Gulzor” saylov okrugida sport inshootlari va bolalar maydonchasi o‘rganildi
янв.21
BOLALAR UCHUN YARATILGAN YASHIL HUDUD VA HAYVONOT BOG‘I O‘RGANILDI
янв.21
30-“CHUSTIY” SAYLOV OKRUGIDA FUQAROLAR MUROJAATLARI O‘RGANILDI
янв.21
Olimpiya MFY hududida Elektr ta’minoti barqarorligini ta’minlash bo‘yicha amaliy ishlar olib borildi
янв.21
“DOLZARB 40 KUNLIK”: “AHIL” MAHALLASIDA OBODONLASHTIRISH ISHLARI DAVOM ETMOQDA
янв.21
SHODIYONA MFY HUDUDIDA OBODONLASHTIRISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
Qoshtut MFYda aholi murojaatlari o‘rganildi
VIJDON ERKINLIGI – JAMIYAT BARQARORLIGINING MUHIM OMILI

VIJDON ERKINLIGI – JAMIYAT BARQARORLIGINING MUHIM OMILI

✅ Bugungi kunda mamlakatimizda inson huquqlari va erkinliklarini ta’minlash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Ayniqsa, fuqarolarning vijdon erkinligini kafolatlash, diniy bag‘rikenglikni mustahkamlash hamda turli konfessiyalar o‘rtasidagi hamjihatlikni rivojlantirish borasida izchil islohotlar amalga oshirilmoqda.

✅ Shu maqsadda qabul qilingan “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ-699-sonli Qonuni fuqarolarning diniy e’tiqod erkinligini ta’minlashning mustahkam huquqiy asosini yaratdi.

✅ Mazkur qonunga muvofiq, har bir fuqaro istalgan dinga e’tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e’tiqod qilmaslik huquqiga ega. Hech kimni diniy qarashlari sababli kamsitishga yoki ma’lum bir dinga e’tiqod qilishga majburlashga yo‘l qo‘yilmaydi.

✅ Qonunning asosiy maqsadi fuqarolarning vijdon erkinligini ta’minlash, diniy tashkilotlarning faoliyatini tartibga solish, jamiyatda diniy bag‘rikenglik muhitini mustahkamlashdan iboratdir.

✅ Bugungi kunda O‘zbekistonda turli millat va din vakillari tinchlik va totuvlik muhitida yashab kelmoqda. Bu esa davlatimiz tomonidan olib borilayotgan oqilona siyosatning amaliy natijasidir. Ayniqsa, yoshlarni turli yot g‘oyalar ta’siridan himoya qilish, ularni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash muhim ahamiyat kasb etmoqda.

✅ Diniy bag‘rikenglik xalqimizning azaliy qadriyatlaridan biri hisoblanadi. Shu bois har bir fuqaro qonun talablariga rioya qilishi, jamiyatdagi tinchlik va osoyishtalikni saqlashga o‘z hissasini qo‘shishi zarur.

✅ “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi qonunning mazmun-mohiyatini keng targ‘ib qilish orqali fuqarolarning huquqiy madaniyatini oshirish, jamiyatda o‘zaro hurmat va hamjihatlikni yanada mustahkamlash mumkin.

Slide 1 of 1