Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati A. Appakov tomonidan bolalar bog‘ida amaliy o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish davomida bolalar xavfsizligini ta’minlash, hududdagi xavfsizlik choralari, o‘yin maydonchalari va mavjud shart-sharoitlar ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, bolalar uchun xavfsiz va qulay muhit yaratish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.
Bolalar xavfsizligi — doimo e’tiborda!