Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda Termiz tuman Tibbiyot birlashmasi tomonidan 2026-yilning 6 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar hamda aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati yuzasidan Termiz tuman Tibbiyot birlashmasi boshlig‘i Sh.Davlyatovning hisoboti tinglandi.
Hisobotda birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini yanada takomillashtirish, profilaktik ko‘riklar, onalik va bolalikni muhofaza qilish, aholini sifatli dori vositalari bilan ta’minlash, tibbiyot muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash hamda sohada amalga oshirilgan islohotlar bo‘yicha batafsil ma’lumot berildi.
Komissiya a’zolari tomonidan hisobot yuzasidan savol va takliflar bildirilib, tibbiy xizmatlar sifatini yanada oshirish, aholi murojaatlariga tezkor munosabat bildirish hamda mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
Yig‘ilish yakunida kun tartibidagi masala yuzasidan doimiy komissiyaning tegishli qarori qabul qilindi.