Fuqarolar murojaati joyida o‘rganildi
Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi 5–Uchqizil saylov okrugi deputati Sh. Norsayev hamda tuman Kengashi mutaxassisi T.Murodov tomonidan Uchqizil mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi Obod ko‘chasi fuqarolarining murojaati yuzasidan joyiga chiqqan holda o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganishlar davomida mazkur ko‘chada elektr ta’minoti tarmoqlari talab darajasida emasligi, elektr simlari aholi tomonidan o‘rnatilgan turli xil yog‘och hamda temir ustunlar orqali tortilgani aniqlandi. Ushbu holat elektr ta’minotining ishonchliligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi bilan birga, fuqarolar xavfsizligi uchun ham xavf tug‘dirishi qayd etildi.
Mazkur muammoni bartaraf etish maqsadida hududga belgilangan tartibda yangi temir-beton elektr tayanch ustunlarini o‘rnatish zarurligi ta’kidlandi. Shuningdek, masalani ijobiy hal etish yuzasidan tegishli tashkilotga deputatlik so‘rovi yuborilishi belgilandi.