35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Olimpiya MFY hududida Elektr ta’minoti barqarorligini ta’minlash bo‘yicha amaliy ishlar olib borildi
янв.21
“DOLZARB 40 KUNLIK”: “AHIL” MAHALLASIDA OBODONLASHTIRISH ISHLARI DAVOM ETMOQDA
янв.21
SHODIYONA MFY HUDUDIDA OBODONLASHTIRISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
Qoshtut MFYda aholi murojaatlari o‘rganildi
янв.21
ISTIQBOL MAHALLASIDA OBODONLASHTIRISH VA KO‘KALAMZORLASHTIRISH ISHLARI AMALGA OSHIRILDI
янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi deputati, Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisining o‘rinbosari Bobomuratov Turdiqul Akramovich tomonidan yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularni qo‘llab-quvvatlash hamda yoshlar siyosatiga oid qonunchilikni targ‘ib qilish maqsadida mazkur Qonun asosiy huquqiy hujjatlardan biri sifatida e’tiborga olinadi.
янв.21
“Zarxal” MFY Nuroniylar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
📚 “TA’LIM TO‘G‘RISIDA”GI QONUN — TA’LIM SOHASINING HUQUQIY ASOSI
янв.21
“OLIMPIYA” MFYDA MAHALLA YETTILIGI FAOLIYATI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
Deputat sayyor qabulida mahallalardagi dolzarb muammolar muhokama qilindi
MAKTABDAGI AYRIM KAMCHILIKLAR DEPUTAT NAZORATIDA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-406-son qarori hamda Oliy Majlis Senati Kengashining KQ-35-V-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 24 ta tavsiya asosida Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining ish rejasiga muvofiq hududlarda o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Shu doirada 15-Zuhro saylov okrugi deputati, Kengash kotibiyati mudiri A. Ermatov hamda deputat M. Mirzayev tomonidan Zuhro mahallasidagi 5-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida direktor M.Shokirova hamrohligida yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi.

O‘rganish davomida maktabning yangi o‘quv yilini munosib kutib olishga qay darajada tayyor ekani, sinfxonalarning jihozlanishi, sanitariya holati, o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda ta’lim muassasasining umumiy infratuzilmasi ko‘zdan kechirildi.

Jarayon davomida maktabdagi mavjud sharoitlarning O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 23-sentabrdagi O‘RQ-637-son “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni talablariga muvofiqligi masalasiga ham e’tibor qaratildi.

Yangi o‘quv yili boshlanishiga sanoqli kunlar qolayotgan bir paytda maktabda ayrim ishlarning hanuz yakuniga yetkazilmagani tanqidiy baholandi.

Xususan, maktabning kirish qismi va sport zalidagi bo‘yoq ishlari oxiriga yetkazilmagan. Ta’lim muassasasining tashqi va ichki qiyofasi, avvalo, o‘quvchilar uchun munosib muhit yaratish nuqtayi nazaridan muhim bo‘lsa-da, bunday ishlarning o‘quv yili arafasida ham yakunlanmagani mas’ullardan ishlarni jadallashtirishni talab etadi.

Bundan tashqari, maktab hovlisiga kirish qismidagi ariq usti yopilmagan. Bu holat o‘quvchilar va maktabga keluvchi fuqarolar uchun noqulaylik tug‘dirishi bilan birga, xavfsizlik nuqtayi nazaridan ham e’tiborsiz qoldirib bo‘lmaydigan masaladir.

Yana bir muammo maktab darvozasi oldidagi yashil maydonni sug‘orish uchun mo‘ljallangan suv maktabning kirish qismi tomon yig‘ilib qolmoqda. Bu esa hududning sanitariya va obodonlashtirish holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Mazkur vaziyatni bartaraf etish uchun maktabning kirish qismini asfaltlashtirish zarurligi qayd etildi.

Aniqlangan kamchiliklar deputatning “ko‘cha aylanish daftari”ga qayd etildi. Mavjud muammolarni faqat qayd etish bilan cheklanib qolmasdan, ularning amaliy yechimini ta’minlash maqsadida tegishli tashkilotlarga deputat so‘rovi yuborilishi belgilandi.

Bu o‘rganish jarayoni yana bir muhim jihatni ko‘rsatdi: yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik faqat sinfxonalarni jihozlash yoki maktab binosini bo‘yashdan iborat emas. O‘quvchi har kuni foydalanadigan kirish yo‘laklari, hovli, sport zali, sanitariya va xavfsizlik sharoitlari ham birdek e’tiborda bo‘lishi kerak.

Zero, ta’lim muassasasidagi har bir aniqlangan kamchilik o‘quvchi xavfsizligi, qulayligi va ta’lim olish sifatiga bevosita yoki bilvosita ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Shu bois 5-sonli maktabdagi aniqlangan muammolarni yangi o‘quv yili boshlanguniga qadar imkon qadar to‘liq bartaraf etish, mas’ul tashkilotlarning amaliy choralarini ta’minlash va berilgan deputat so‘rovining natijasini nazorat qilish masalalari deputatlik nazoratida qoladi.

Slide 1 of 8