Xalq deputatlari Tuproqqal’a tumani Kengashining 2026-yil 7-avgustdagi qarorida maktabgacha va maktab ta’limi tizimining 2026-yil 1-yarim yillik faoliyati muhokama qilindi. Tumandagi 50 ta davlat va nodavlat MTTda 4 973 nafar bola tarbiyalanmoqda, Oxunboboyev mahallasida esa 300 o‘rinli yangi bog‘cha ishga tushirildi.
👩🏫 Malaka oshirishi rejalashtirilgan 279 nafar pedagogning 194 nafari o‘quv kurslarini tamomladi, 54 nafari 5+1 dual ta’lim shaklida oliy ta’limga kirish uchun ro‘yxatdan o‘tdi.
⚠️ Shu bilan birga, 4 ta MTT ta’mirga muhtoj, ayrim bog‘chalarda interaktiv doskalar yetishmaydi, Nukus mahallasida esa MTT mavjud emas. Ushbu muammolarni bartaraf etish va ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilandi.