35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

"Navro‘z" MFYda deputat so‘rovi ijrosi o‘rganildi

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati R. Ahmadulin tomonidan "Navro‘z" MFYda o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida deputat so‘roviga asosan Farovon ko‘chasi, 58-xonadonda istiqomat qiluvchi fuqaroning xonadonida amalga oshirilgan ta'mirlash ishlari joyiga chiqib ko‘zdan kechirildi.

O‘rganish jarayonida deputat so‘rovidan so‘ng uy-joyni ta'mirlash ishlari bajarilgani aniqlandi. Mazkur xonadonda yashovchi Hoshimova Rixsigul amalga oshirilgan amaliy yordam uchun o‘z minnatdorligini bildirdi.

Fuqarolarning murojaatlari va deputat so‘rovlari ijrosini o‘rganish hamda ularni ijobiy hal etish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 3