Sessiya ishida Xalq deputatlari shahar Kengashi deputatlari, shahar hokimi birinchi o‘rinbosari ishtirok etdi.
✍️Kun tartibida quyidagi masala muhokama qilindi:
1. 2026-yil 2-chorak yakuni bilan mahalliy budjetning daromadlar rejasini orttirib bajarilgan qismi hisobidan mablag‘lar yo‘naltirish to‘g‘risida.
Kun tartibidagi masala deputatlar tomonidan atroflicha muhokama qilinib, doimiy komissiya raisi xulosi eshittirildi. Shahar rivoji va aholi farovonligini oshirishga qaratilgan tegishli qaror bir ovozdan ma'qullandi va tasdiqlandi.
Sessiya yakunida sanoq komissiyasi hamda sessiya kotibining axborotlari tinglandi.