35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
“Gulzor” MFYda huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘yicha ishlar o‘rganildi
янв.21
"Eski shahar" MFY mahalla fuqarolar yig‘inida yoshlar bilan ishlash samaradorligi ko‘rib chiqildi
янв.21
Ziyokor MFYda aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish masalasi ko‘rib chiqildi
янв.21
GULZOR MFY HUDUDIDA OBODONLASHTIRISH VA TOZALIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
AHOLI BILAN MULOQOT: IJTIMOIY KO‘MAK VA MUROJAATLAR O‘RGANILDI
янв.21
“ZIYOKOR” MFY HUDUDIDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
22-SONLI MAKTABDA YANGI O‘QUV YILIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
HUDUDDA DEPUTATLIK O‘RGANISH ISHLARI DAVOM ETMOQDA
янв.21
MAMLAKATIMIZDA EKOLOGIK BARQARORLIKNI TA’MINLASHDA PARLAMENTNING ROLI
янв.21
TABIATNI MUHOFAZA QILISH — BARCHAMIZNING BURCHIMIZ!
#_24_ta_masala #_162_ta_qonun #_deputat_faoliyati Bolajonlar tabassumi — barchamizning eng ulug‘ maqsadimiz!
#_24_ta_masala
#_162_ta_qonun
#_deputat_faoliyati
Bolajonlar tabassumi — barchamizning eng ulug‘ maqsadimiz!


O‘zbekiston Respublikasining “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq, har bir bolaning sifatli ta’lim va tarbiya olishi, uning jismoniy, intellektual hamda ma’naviy jihatdan har taraflama kamol topishi uchun munosib shart-sharoitlar yaratish kafolatlangan.
Ushbu qonun talablarining ijrosini ta’minlash hamda bog‘chalarda yaratilgan imkoniyatlarni o‘rganish maqsadida Xalq deputatlari Sariosiyo tumani Kengashiga “23-Aeroport” saylov okrugidan saylangan deputati N.Chorshanbiyeva hamda tuman Kengashiga “3-Charag‘on” saylov okrugidan saylangan deputat M.Zaripova тuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi A.Nasriddinovlar tumandagi maktabgacha ta’lim tashkilotlariga tashrif buyurishdi.
O‘rganish va monitoring jarayonida quyidagilargа e'tibor qaratildi:
Ta’lim-tarbiya sifati va metodika:
Qonunchilikda belgilangan davlat standartlariga mos ravishda tarbiyalanuvchilarning bilim va ko‘nikmalarini shakllantirish, mashg‘ulotlarning interaktiv va qiziqarli tashkil etilishi hamda pedagog xodimlarning mahorati atroflicha ko‘rib chiqildi.
Sog‘lom va xavfsiz ovqatlantirish:
Bolalarning salomatligini muhofaza qilish — ustuvor vazifa! Shu bois, muassasadagi kunlik taomlar ratsioni, oziq-ovqat mahsulotlarining sifati, saqlanish sharoitlari va sanitariya-gigiyena me’yorlariga rioya etilishi holati sinchiklab tekshirildi.
Moddiy-texnik baza va xavfsizlik:
Guruh xonalari, yotoqxonalarning shinamligi, o‘yinchoq va o‘quv qurollarining yetarliligi, oshxona hamda bog‘cha hududidagi obodonlashtirish va xavfsizlik choralari ko‘zdan kechirildi.
Tashrif davomida bolajonlarning Quvonchli chehralari va yaratilgan sharoitlardan mamnunligi mamlakatimizda ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlarning amaliy samarasini ko‘rsatib berdi. Deputatlar tomonidan muassasalar rahbariyatiga ta’lim sifatini yanada oshirish, ovqatlanish ratsioni nazoratini doimiy ushlab turish va tarbiya jarayoniga zamonaviy innovatsion texnologiyalarni kengroq joriy etish yuzasidan aniq tavsiyalar berildi.
Slide 1 of 2