35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
AHOLI BILAN MULOQOT: IJTIMOIY KO‘MAK VA MUROJAATLAR O‘RGANILDI
янв.21
“ZIYOKOR” MFY HUDUDIDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
22-SONLI MAKTABDA YANGI O‘QUV YILIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
HUDUDDA DEPUTATLIK O‘RGANISH ISHLARI DAVOM ETMOQDA
янв.21
MAMLAKATIMIZDA EKOLOGIK BARQARORLIKNI TA’MINLASHDA PARLAMENTNING ROLI
янв.21
TABIATNI MUHOFAZA QILISH — BARCHAMIZNING BURCHIMIZ!
янв.21
QONUN — MADANIY FAOLIYAT VA MADANIYAT TASHKILOTLARI FAOLIYATINING HUQUQIY ASOSI
янв.21
BOLALAR XAVFSIZLIGI VA QULAY SHAROIT — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
KO‘P QAVATLI UYLARDA TOM QISMLARI TA’MIRLANMOQDA
янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati Dilorom Axmedova tomonidan fuqarolarning murojaatlari yuzasidan navbatdagi qabul o‘tkazildi.
Budjet intizomi va nazorat: Termiz shahar Iqtisodiyot va moliya bo‘limi faoliyati tahlil qilindi

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi kotibiyati mudiri, deputat A.Ashurov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi A.Temirov shahar Iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i birinchi o‘rinbosari G‘.Toshov bilan suhbat olib bordilar.

Deputatlar va shahar tashkilotlari o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish, qonun hujjatlari ijrosini joylarda nazorat qilish hamda deputatlik nazoratini amaliy va samarali tashkil etish maqsadida o‘tkazilgan mazkur tadbirda quyidagi masalalar tahlil qilindi:

O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 26-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining Budjet kodeksini tasdiqlash to‘g‘risida”gi O‘RQ-360-sonli Qonuni doirasida amalga oshirilayotgan ishlar;

mahalliy budjet mablag‘larining to‘g‘ri shakllantirilishi va maqsadli sarflanishi atroflicha tahlil qilindi.

Budjet mablag‘laridan foydalanishda shaffoflikni ta’minlash, iqtisodiy islohotlarning hududdagi natijadorligini oshirish hamda moliya bo‘limi tomonidan amalga oshirilayotgan tahliliy ishlar ko‘rib chiqildi.

Mas'ullar moliya bo‘limi mas’ullariga budjet intizomiga qat'iy rioya etish, mablag‘larni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish uchun eng ustuvor loyihalarga yo‘naltirish hamda qonunchilik hujjatlariga so‘zsiz amal qilish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berdi.