Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi ishchi guruhi tomonidan “Samarqand suv ta’minoti” MChJ Pastdarg‘om tumani filialida o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish davomida “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining filialdagi ijrosi, qonun talablariga rioya etilishi hamda manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, tashkilot faoliyatida shaffoflik va qonuniylikni ta’minlash, manfaatlar to‘qnashuvi yuzaga kelishining oldini olish, xodimlarning qonunchilik talablariga rioya etishi bilan bog‘liq masalalarga e’tibor qaratildi.
📌 Mazkur o‘rganishlar doimiy komissiyaning korrupsiyaga qarshi kurashish, qonun ustuvorligini ta’minlash va davlat hamda xo‘jalik yurituvchi tashkilotlar faoliyatida shaffoflikni kuchaytirish borasidagi deputatlik nazoratini amalga oshirishga qaratilgan.