📌 Uchrashuv davomida mahalla faollari va aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, hududni yanada obod qilish hamda fuqarolarni qiynayotgan masalalar yuzasidan fikr va takliflar tinglandi
❗️ Xususan, mahalla hududidagi yelim ishlab chiqarish korxonasidan tarqalayotgan hid, shuningdek, jamoat xavfsizligini yanada mustahkamlash maqsadida Face ID videokuzatuv kameralarini o‘rnatish zarurligi yuzasidan murojaatlar bildirildi
📝 Deputat ko‘tarilgan masalalarni atroflicha o‘rganib chiqish, ularning yechimi yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlik qilish hamda zaruratga ko‘ra deputatlik so‘rovlari kiritilishini ma’lum qildi
✅ Uchrashuv yakunida bildirilgan taklif va murojaatlar nazoratga olinib, ularni bosqichma-bosqich hal etish yuzasidan amaliy ishlar davom ettirilishi ta’kidlandi