35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
“Gulzor” MFYda huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘yicha ishlar o‘rganildi
янв.21
"Eski shahar" MFY mahalla fuqarolar yig‘inida yoshlar bilan ishlash samaradorligi ko‘rib chiqildi
янв.21
Ziyokor MFYda aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish masalasi ko‘rib chiqildi
янв.21
GULZOR MFY HUDUDIDA OBODONLASHTIRISH VA TOZALIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
AHOLI BILAN MULOQOT: IJTIMOIY KO‘MAK VA MUROJAATLAR O‘RGANILDI
янв.21
“ZIYOKOR” MFY HUDUDIDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
22-SONLI MAKTABDA YANGI O‘QUV YILIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
HUDUDDA DEPUTATLIK O‘RGANISH ISHLARI DAVOM ETMOQDA
янв.21
MAMLAKATIMIZDA EKOLOGIK BARQARORLIKNI TA’MINLASHDA PARLAMENTNING ROLI
янв.21
TABIATNI MUHOFAZA QILISH — BARCHAMIZNING BURCHIMIZ!
Hunarmandlar markazi faoliyati o‘rganildi

Tashrif davomida milliy hunarmandchilik mahsulotlarini ishlab chiqarish va namoyish etish, savdo jarayonlari, ustalar faoliyati hamda tashrif buyuruvchilar uchun yaratilgan imkoniyatlar bilan yaqindan tanishildi.

Shuningdek, hunarmandlar bilan muloqot qilinib, ularning faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, mahsulotlarni keng targ‘ib qilish, ichki va tashqi turizmni rivojlantirish hamda savdo hajmini oshirishga oid taklif va mulohazalar tinglandi.

Suhbat davomida hunarmandchilik sohasini rivojlantirishga oid amaldagi qonunchilik hujjatlarining mazmun-mohiyati tushuntirilib, hunarmandlar uchun belgilangan imtiyoz va imkoniyatlar yuzasidan zarur huquqiy tushuntirishlar berildi.

O‘rganish davomida aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, milliy hunarmandchilikni rivojlantirish va hunarmandlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amaliy choralarni davom ettirish zarurligi qayd etildi.

Hunarmandchilikni rivojlantirish, milliy merosni asrab-avaylash hamda mahalliy ishlab chiqaruvchilar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir.

️ Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi

Slide 1 of 5