35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
“KO‘CHAMA-KO‘CHA DEPUTAT DAFTARI” — MUAMMOLARNI MANZILLI O‘RGANISHNING AMALIY TIZIMI
янв.21
“DOLZARB 40 KUNLIK” DOIRASIDA YO‘L INFRASTRUKTURASI YAXSHILANMOQDA
янв.21
XALQ DEPUTATLARI OLMAZOR TUMANI KENGASHI DEPUTATI TURDIQUL BOBOMURATOV 2026-YILNING IKKINCHI CHORAGI BO‘YICHA AXBOROT BERDI
янв.21
Deputat Ibaydullo Mamajanov “Ziyo” mahallasidagi obodonlashtirish ishlarida ishtirok etdi
янв.21
“IBROHIM OTA” MFYDA XAVFSIZ MUHITNI TA’MINLASH BORASIDAGI ISHLAR MUHOKAMA QILINDI
янв.21
“Yostiqsiz uxlash: foyda yoki zararmi?” — deputat maqolasi
янв.21
Deputat va mahalla yettiligi hamkorligida ko‘p qavatli uylar va hudud obodligi holati joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
CHUQURSOY MFY HUDUDIDA TA’MIRLASH VA OBODONLASHTIRISH ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
‼️ ENG MUHIM QONUNLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI
янв.21
Mahallalarda yangicha ish tizimi, energetika barqarorligi va hududiy o‘sishni ta’minlash masalalari muhokama qilindi
DOLZARB 40 KUNLIK” DOIRASIDA OBODONLASHTIRISH ISHLARI MUHOKAMA QILINDI 👇👇👇

Yunusobod tumani Adolat mahallasida “Dolzarb 40 kunlik” dasturi doirasida hududlarni obodonlashtirish va sanitariya holatini yanada yaxshilash masalalariga bag‘ishlangan ishchi yig‘ilish o‘tkazildi.

👉Unda Toshkent shahar Milliy gvardiya boshqarma boshlig‘i A. Ortiqov,Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi deputati, tuman hokimi Abrorxo‘ja Saidaliyev, tuman prokurori Y. Abdurahmonov, shuningdek, mutasaddi tashkilotlar rahbarlari, mahalla yettiligi hamda kommunal xizmatlar vakillari ishtirok etdi.

✅Mahallalarda olib borilayotgan obodonlashtirish va tozalash ishlari tahlil qilinib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, hududlarni tartibga keltirish hamda belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

📝Shuningdek, hududda o‘rganish ishlari olib borilib, mavjud muammolarni hal etish va aholi uchun yanada qulay sharoitlar yaratishga qaratilgan amaliy chora-tadbirlar belgilandi.

🇺🇿Xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashi tomonidan mahallalarni obod, ozoda va yashash uchun qulay maskanga aylantirishga qaratilgan tashabbuslar hamda amalga oshirilayotgan ishlar doimiy deputatlik nazoratida bo‘lib qoladi.

Bizni kuzatishda davom eting!

Slide 1 of 2