Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashi kotibiyati mudirining 15-iyun ish rejasi ijrosi yuzasidan tuman deputati G'.Saitboyev va kotibiyat bosh mutaxassisi L.Toshquvvatovlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Alohida tuman (shahar) va mahallalarni aholining yashashi hamda tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishi uchun namunali hududga aylantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 298-sonli qarori ijrosi doirasida Sardoba tumanida keng ko‘lamli bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishdi.
Jumladan, tumanning "Quyitosh" mahalla Turon ko'chasi ichki ko'chasida infratuzilmasini yanada yaxshilash, aholi uchun qulay va xavfsiz harakatlanish sharoitlarini yaratish hamda ichki yo‘llar sifatini oshirishga xizmat qiladi.