35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Toshkent shahrida xotin-qizlar bilan tizimli ishlash samaradorligini yanada oshirish masalalari yuzasidan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi
янв.21
HUDUDLARDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILMOQDA
янв.21
🏛 XISLAT MAHALLASIDA MUAMMOLAR JOYIGA CHIQQAN HOLDA O‘RGANILDI
янв.21
“KO‘CHAMA-KO‘CHA DEPUTAT DAFTARI” — MUAMMOLARNI MANZILLI O‘RGANISHNING AMALIY TIZIMI
янв.21
“DOLZARB 40 KUNLIK” DOIRASIDA YO‘L INFRASTRUKTURASI YAXSHILANMOQDA
янв.21
XALQ DEPUTATLARI OLMAZOR TUMANI KENGASHI DEPUTATI TURDIQUL BOBOMURATOV 2026-YILNING IKKINCHI CHORAGI BO‘YICHA AXBOROT BERDI
янв.21
Deputat Ibaydullo Mamajanov “Ziyo” mahallasidagi obodonlashtirish ishlarida ishtirok etdi
янв.21
“IBROHIM OTA” MFYDA XAVFSIZ MUHITNI TA’MINLASH BORASIDAGI ISHLAR MUHOKAMA QILINDI
янв.21
“Yostiqsiz uxlash: foyda yoki zararmi?” — deputat maqolasi
янв.21
Deputat va mahalla yettiligi hamkorligida ko‘p qavatli uylar va hudud obodligi holati joyiga chiqib o‘rganildi
Termiz tuman “Suvta’minoti” bo‘limi tomonidan 2026-yilning II choragida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot tinglandi.

Termiz tuman “Suvta’minoti” bo‘limi tomonidan 2026-yilning II choragida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot tinglandi.

Ma’lum qilinishicha, bugungi kunda tumandagi 29 ta mahalla ichimlik suvi bilan ta’minlangan bo‘lib, ichimlik suvi qamrovi 70,2 foizni tashkil etmoqda. Tuman bo‘yicha markazlashgan ichimlik suvi tarmog‘iga ulangan xonadonlar soni 12 750 taga yetgan. Hisobot davrida abonentlar soni 674 taga oshib, 748 ta xonadonga yangi suv hisoblagichlari o‘rnatildi hamda ular bilan shartnomalar tuzilib, ichimlik suvi yetkazib berish yo‘lga qo‘yildi.
Shuningdek, 117 ta yuridik shaxs shartnoma asosida ichimlik suvi bilan ta’minlanib, ularga xizmatlar onlayn suv hisoblagichlari orqali ko‘rsatilmoqda.

Hisobot davrida aholi va yuridik shaxslardan jami 2 milliard 189,3 million so‘m mablag‘ undirildi. Shundan 1 milliard 358 million so‘mi aholi, 831 million so‘mi esa yuridik shaxslar hissasiga to‘g‘ri keladi.
Mahallalarni ichimlik suvi bilan ta’minlashni yaxshilash maqsadida Quyoshli yurt, Amir Temur va Qoraxon mahallalarida 3 ta yangi suv qudug‘i qazilib foydalanishga topshirildi.

Bundan tashqari:
Qo‘ng‘irot MFYda – 6,8 km;
Yangiyer MFYda – 0,8 km;
Uchqizil MFYda – 1 km;
Istiqlol MFYda – 1 km;
Jo‘yijangal MFYda – 1,8 km
ichimlik suvi tarmoqlari tortildi. Natijada jami 11,4 kilometr yangi suv tarmog‘i barpo etilib, 280 ta xonadon ilk bor toza ichimlik suvi bilan ta’minlandi.

Shuningdek, Qo‘ng‘irot, Qoraxon, Sabzipoya, Qahramon va Amir Temur mahallalarida jami 6 ta suv nasosi ta’mirlanib, qayta ishga tushirildi.
Ayni paytda At-Termiziy, Yangiobod, Nurafshon, Orol va Yangi hayot mahallalarida Islom taraqqiyot banki loyihasi doirasida yangi suv quvurlari tortish, nasoslar o‘rnatish hamda suv tozalash inshootlarini qurish ishlari davom etmoqda. Mazkur loyihalar yakunlangach, tumanda ichimlik suvi ta’minoti darajasini 80–85 foizga yetkazish rejalashtirilgan.

Shuningdek, Xalqobod mahallasi ham Islom taraqqiyot bankining qo‘shimcha loyihasiga kiritilgan bo‘lib, loyiha-smeta hujjatlarini tayyorlash ishlari boshlangan. Rejaga ko‘ra, mazkur mahalla aholisi ham joriy yilning III choragi yakuniga qadar to‘liq ichimlik suvi bilan ta’minlanadi.

Yig‘ilishda ta’kidlanganidek, tuman “Suvta’minoti” korxonasi tomonidan avariya holatlarini tezkor bartaraf etish, yangi suv minoralarini tarmoqqa ulash hamda aholini uzluksiz va sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlash borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.