35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Olmazor tumanida 2026–2027-yillarga mo‘ljallangan strategik islohotlar muhokama qilindi
янв.21
Olmazor tumanida xavfsiz muhitni yaratish bo‘yicha 6 oylik ijro natijalari deputatlar muhokamasida
янв.21
Olmazor tumanida Xavfsiz muhitni ta'minlash bo‘yicha 6 oylik natijalar muhokama qilindi
янв.21
Olmazor tumanida Xavfsiz muhitni ta'minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar Senat qo‘mitasi raisi ishtirokida muhokama qilindi
янв.21
🏛 Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashining o‘ttiz ikkinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Olmazor tumanidagi 22-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Deputat tashabbusi bilan "Ahil" mahallasida aniqlangan muammolar bartaraf etildi
янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati Umida Fayziyeva II chorak yakunlari bo‘yicha deputat saylovchilar oldida axborot berdi
янв.21
Ijtimoiy himoya va gʻamxoʻrlik – deputatlar nazoratida
янв.21
🌿 Obod mahalla – amaliy ishlar va jamoatchilik nazoratida
📍 Beshmargan mahallasida fuqarolar murojaatlari tinglandi

👥 5-Beshmargan saylov okrugidan saylangan deputat Xolboyev Oybek Madaminovich ishtirokida Beshmargan mahallasida fuqarolar qabuli o‘tkazildi.
🤝 Unda Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi kotibiyati mudiri Masharipov Izzat Masharipovich hamda kotibiyat bosh mutaxassisi Ruzmetov Umrbek Shavkatovich ishtirok etdi.
📊 Monitoring markazida
✅ Mahallada aholi murojaatlari bilan ishlash holati o‘rganildi.
✅ O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 11-sentabrdagi "Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida"gi O‘RQ-445-son Qonuni ijrosi yuzasidan monitoring amalga oshirildi.
📝 Aholi tomonidan ko‘tarilgan asosiy masalalar
🛣 90V008 avtomobil yo‘li
(D213 avtomobil yo‘lining 34-km qismidan – Achchiqko‘l – Bo‘zqala – Bog‘olon yo‘nalishi)
yo‘lning ta’mirtalab holati;
yo‘lni asfaltlashtirish zarurligi.
🏦 Bank xizmati
pensioner va nafaqaxo‘rlar uchun plastik kartalardagi mablag‘larni naqdlashtirish maqsadida mahalla hududiga bankomat o‘rnatish.
🔥 Kommunal masala
suyultirilgan gaz ta’minoti bilan bog‘liq murojaatlar.
📌 Deputat tomonidan fuqarolarning murojaatlari tinglanib, ularni hal etish yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan ishlash hamda nazorat o‘rnatilishi belgilandi. Shuningdek, mahallada aholi murojaatlari bilan ishlash holati va qonun ijrosi yuzasidan monitoring olib borildi.
Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi — Aholi murojaatlari doimiy e'tiborda.

Slide 1 of 4