Yunusobod tumanida milliy qadriyatlarimizni ulug‘lash, milliy liboslarimizni keng targ‘ib etish hamda ma’naviy-ma’rifiy muhitni yanada mustahkamlash maqsadida “HIGH TOWN MALL” savdo-ko‘ngilochar majmuasida “Milliy liboslar” festivali bo‘lib o‘tdi.
🔠Tadbirda Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i Shahnoza Sultonova, Xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashi raisi Ravshan Yusupov, mahalliy Kengash deputatlari, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, faol xotin-qizlar hamda keng jamoatchilik ishtirok etdi.
💃Festival davomida milliy liboslar namoyishi, xalq amaliy san’ati ko‘rgazmalari, ma’naviy-ma’rifiy chiqishlar hamda madaniy dasturlar tashkil etildi.
➡️Mazkur tadbir milliy an’ana va qadriyatlarimizni asrab-avaylash, yosh avlod qalbida Vatanga muhabbat, milliy o‘zlikni anglash tuyg‘ularini mustahkamlash hamda kitobxonlik madaniyatini yanada rivojlantirishga xizmat qildi.
🇺🇿Xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashi tomonidan milliy qadriyatlarni targ‘ib etish, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni qo‘llab-quvvatlash va aholining madaniy hayotidagi faolligini oshirishga qaratilgan tashabbuslar bundan buyon ham izchil davom ettiriladi.
Bizni kuzatishda davom eting!