Uchrashuv davomida:
mahalladagi ichki ko‘chalar va aholi xonadonlarining obodonlashtirish holati o‘rganildi;
hududni yanada obod qilish, sanitariya va ozodalikka rioya etish bo‘yicha fuqarolar bilan tushuntirish ishlari olib borildi;
mavjud muammo va kamchiliklar aniqlanib, ularni bartaraf etish yuzasidan aholi taklif va murojaatlari tinglandi.
Uchrashuv yakunida aniqlangan muammolarni bosqichma-bosqich hal etish hamda obodonlashtirish ishlarini tizimli tashkil etish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilandi.
Obod mahalla — aholi birdamligi va har bir xonadonning ozodaligidan boshlanadi.