Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
102-sonli DMTTdagi mavjud muammolar o‘rganildi
янв.21
Aholi salomatligi – doimiy e’tiborda
янв.21
Olmazor tumani Markaziy ko‘p tarmoqli poliklinikasiga tashrif amalga oshirildi
янв.21
‼️ ENG MUHIM QONUNLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI
янв.21
Chimboy mahallasida obodonlashtirish ishlari davom etmoqda
янв.21
"Kamalak" oromgohida mazmunli yozgi ta'til davom etmoqda!
янв.21
Haftalik ish rejaga muvofiq: "Paxta" MFYda aholi murojaatchilari bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
“Ko‘chama-ko‘cha deputat daftari” – fuqarolar muammolarini manzilli hal etishning samarali mexanizmi
янв.21
Haftalik ish rejaga muvofiq, "Ibrohim ota" mahallasida ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
"Dolzarb-90 kun" dasturi ijrosi deputatlik nazorati
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashining Yoshlar maslahat guruhi harbiy qismda!

Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashining Yoshlar maslahat guruhi harbiy qismda!

Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi a’zolari tomonidan tumandagi harbiy qismlarning birida askar va harbiy xizmatchilar uchun interaktiv psixologik treninglar tashkil etildi.

Mazkur tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad — Vatanimiz sarhadlarini mardona qo‘riqlayotgan o‘g‘lonlarning ruhiy bardoshliligini oshirish, jamoada o‘zaro ishonch va ahillik muhitini mustahkamlash hamda harbiy xizmat davridagi psixologik yuklamalarni yengillatishdan iborat bo‘ldi.

Harbiy xizmatning mas’uliyatli va murakkab sharoitlarida hissiyotlarni nazorat qilish hamda to‘g‘ri qaror qabul qilish ko‘nikmalari;

"Team building" (Jamoani jipslashtirish): Askarlar o‘rtasida o‘zaro yordam, birdamlik va hamjihatlikni kuchaytiruvchi maxsus mashqlar;
Kelajakdagi rejalarni belgilash va shaxsiy o‘sish bo‘yicha interaktiv muloqotlar o‘tkazildi.

Trening yuqori kayfiyatda, samimiy va savol-javoblarga boy tarzda o‘tdi. Harbiy xizmatchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan atroflicha javob oldilar.