Mahalladagi dolzarb masalalar muhokama qilindi
Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashi deputati N.Soatov, tuman Kengashi kotibiyati mudiri N.Turdiyev hamda bosh mutaxassis U.Kenjayevlar tomonidan Yangi davr mahallasi yettiligi bilan uchrashuv o'tkazildi.
Uchrashuv davomida mahallada mavjud ijtimoiy-iqtisodiy muammolar, infratuzilmani yaxshilash, fuqarolar murojaatlari hamda ularning yechimi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi. Shuningdek, mavjud masalalarni bosqichma-bosqich bartaraf etish bo'yicha taklif va tavsiyalar bildirildi.