Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Haftalik ish rejaga muvofiq, "Ibrohim ota" mahallasida ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Mahallada xotin-qizlar faoli faoliyati va fuqarolar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
‼️ ENG MUHIM QONUNLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI
янв.21
⚽️ Yoshlar sporti va mahalla infratuzilmasi - deputat e’tiborida
янв.21
“Damariq” kanali hududida olib borilayotgan qurilish va obodonlashtirish ishlari deputatlik nazoratida
янв.21
ENG MUHIM QONUNLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI
янв.21
"Ahil" mahallasida mahalla yettiligi faoliyati va fuqarolar murojaatlari muhokama qilindi
янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashining 28-Chimboy saylov okrugidan saylangan deputatlik o‘rni vakant bo‘lganligi munosabati bilan fuqaro murojaatlari yuzasidan joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
“G‘alaba bog‘i”da “Xalq bilan birga” umummilliy loyihasi doirasida sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
Sayyor qabul – aholi murojaatlariga amaliy yechim maydoni
"Uysozlar" mahallasida fuqarolar murojaatlari va dolzarb masalalar deputatlik nazoratiga olindi

#deputatlar_nazorati #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️ "Uysozlar" mahallasida fuqarolar murojaatlari va dolzarb masalalar deputatlik nazoratiga olindi

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Sevara Fayziyevaning navbatdagi sayyor uchrashuvi Yashnobod tumanidagi "Uysozlar" mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Ekologik partiyasi Yashnobod tuman Kengashi raisi Dildora Mavlyanova, Xalq deputatlari Yashnobod tuman Kengashi kotibiyati mudiri Alisher Kerimov, tuman Kengashi deputati Ibrohim Rasulov, mahalla faollari hamda mahalla yettiligi vakillari ishtirok etdi. O‘rganish ishlarini samarali tashkil etish va deputatlik faoliyatini hududlarda tizimli yo‘lga qo‘yish maqsadida Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Muzaffar Yusubov tomonidan tashkiliy hamda amaliy ko‘mak ko‘rsatildi.

📝 Uchrashuv davomida deputat faoliyatini yanada samarali tashkil etish maqsadida ishlab chiqilgan 24 ta tavsiyaviy savol hamda Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatida foydalanish tavsiya etilgan 162 ta muhim qonun talablari asosida hududdagi mavjud holat atroflicha tahlil qilindi. Xususan, aholini ijtimoiy himoya qilish, sog‘liqni saqlash xizmatlari sifati, kommunal xizmatlar, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik, ko‘p qavatli uylarning isitish tizimi, ekologik muammolar, mahalla infratuzilmasi, obodonlashtirish, daraxtlarni parvarishlash, mahalla yettiligi faoliyati hamda fuqarolar murojaatlari bilan ishlash holati yuzasidan ochiq muloqot tashkil etildi.

🔺 Muloqot jarayonida fuqarolar tomonidan bildirilgan barcha murojaat va takliflar deputat tomonidan "Ko‘chama-ko‘cha deputat daftari"ga qayd etilib, ularning har biri alohida deputatlik nazoratiga olindi. Ushbu daftarga kiritilgan masalalar bosqichma-bosqich o‘rganilib, tegishli davlat organlari va mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy yechim topish bo‘yicha ishlar olib borilishi belgilandi.

📁 Xususan, fuqarolarning Ohangrabo ko‘chasi 5-uy, 45-xonadonda istiqomat qilayotgan nogironligi bo‘lgan uch nafar fuqaroni ijtimoiy himoyaga olish, qish mavsumida yuzaga kelayotgan isitish tizimi muammolarini bartaraf etish masalalari yuzasidan Toshkent shahar Ijtimoiy himoya milliy agentligi boshqarmasi rahbarining hisobotini Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining navbatdagi sessiyasida eshitish tashabbusi ilgari surildi.

🌳 Shuningdek, Ohangrabo ko‘chasidagi bir qator ko‘p qavatli uylar atrofida uzoq yillardan buyon yechimini kutayotgan daraxtlarni butalash ishlari bilan bog‘liq muammolar ham deputatlik nazoratiga olinib, mazkur masalani Toshkent shahar Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi rahbari ishtirokida sessiya kun tartibiga kiritish hamda tegishli qarorlar qabul qilinishini ta’minlash yuzasidan zarur choralar belgilandi.

🤝 Uchrashuv yakunida fuqarolar bilan ochiq va doimiy muloqotni yo‘lga qo‘yish, mahalla yettiligi bilan hamkorlikni yanada kuchaytirish, aholini qiynayotgan muammolarni 24 ta tavsiyaviy savol va 162 ta muhim qonun asosida tizimli o‘rganish hamda ularni o‘z vaqtida hal etish deputatlik faoliyatining eng muhim ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekani alohida ta’kidlandi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 10