35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
XALQ DEPUTATLARI OLMOZOR TUMANI KENGASHIDA ENG DOLZARB MASALALAR DOIMIY KOMISSIYALAR YIG‘ILISHLARIDA KO‘RIB CHIQILADI
янв.21
"Inson qadri har narsadan ustun" – ezgu tamoyil amalda
янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati Dilorom Axmedova 2026-yilning ikkinchi choragi bo‘yicha axborot berdi
янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati Ismoil Sagdullayev "Xastimom" mahallasida "mahalla yettiligi" faoliyatini o‘rgandi
янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati Abdujalil Xasanov 2026-yilning ikkinchi choragi bo‘yicha axborot berdi
янв.21
Maktabgacha ta’lim muassasasidagi rekonstruksiya ishlari deputatlik nazoratida
янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati Feruza Salomova 2026-yilning ikkinchi choragi bo‘yicha axborot berdi
янв.21
ENG MUHIM QONUNLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI
янв.21
Davlat xizmatlari sifati va aholiga yaratilgan qulayliklar deputatlik nazoratida
янв.21
Haftalik reja asosida "Yoshlik" mahallasida sayyor qabul o‘tkazildi hamda mahalla yettiligining olti oylik faoliyati muhokama qilindi
YOSHLAR – YANGI O‘ZBEKISTONNING ENG KATTA BUGUNI VA KELAJAGI!
YOSHLAR – YANGI O‘ZBEKISTONNING ENG KATTA BUGUNI VA KELAJAGI!

30 iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar bilan o‘tkazgan ochiq muloqoti mamlakatimizda inson kapitaliga sarmoya kiritish, yoshlarning bilim va salohiyatini yuksaltirish hamda ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi ekanini yana bir bor namoyon etdi.

Prezidentimiz ta’kidlaganidek, bugun dunyoda raqobat endi hudud yoki tabiiy boyliklar emas, balki bilim, texnologiya va inson kapitali asosida kechmoqda. Bu esa har bir yoshning bilimli, zamonaviy kasb egasi va Vatan taraqqiyoti uchun mas’uliyatli shaxs bo‘lib kamol topishini talab qiladi.

Davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan yangi tashabbuslar ham yoshlar uchun yanada keng imkoniyatlar yaratadi.

Jumladan:
har yili 500 ming nafar yosh zamonaviy kasblarga o‘qitiladi;
50 ming nafar yosh uchun "kasb vaucheri" joriy etiladi;
85 ming nafar ehtiyojmand ishsiz yosh bepul kasbga o‘qitiladi;
mazkur maqsadlar uchun joriy yilning o‘zida 120 milliard so‘m ajratiladi;
xorijda tahsil olayotgan 14 mingdan ortiq yosh uchun amaliyot va stajirovka tizimi yo‘lga qo‘yiladi;
yoshlar tashabbuslarini amalga oshirish uchun 50 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltiriladi.

Xalq deputatlari Uzun tuman Kengash deputati sifatida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, sifatli ta’lim, munosib mehnat, ekologik xavfsiz muhit va sog‘lom turmush tarzini ta’minlashga qaratilgan qonunchilik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashni o‘zimning muhim vazifalarimdan deb bilaman.

Ayniqsa, ekologik madaniyatga ega, zamonaviy bilim va texnologiyalarni puxta o‘zlashtirgan, Vatan taqdiriga daxldorlik hissi bilan yashaydigan yosh avlodni tarbiyalash — mamlakatimiz barqaror taraqqiyotining muhim omilidir.

Biz shunday yoshlarni tarbiyalashimiz kerakki, ular nafaqat raqobatbardosh mutaxassis, balki tabiatga mas’uliyatli, yurt taqdiriga daxldor va kelajak avlod oldidagi burchini his etadigan fuqaro bo‘lib voyaga yetsin.

Aziz yoshlar!
Sizlarning bilimingiz, izlanishingiz, tashabbuskorligingiz va yurtga sadoqatingiz Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining eng katta boyligidir.
Barchangizni Yoshlar kuni bilan samimiy muborakbod etaman! Barcha ezgu maqsadlaringiz ro‘yobga chiqsin, yurtimiz ravnaqi yo‘lidagi sa’y-harakatlaringizga ulkan muvaffaqiyatlar tilayman.

✍️ Azamjon Kamolov
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengash deputati.