Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
ENG MUHIM QONUNLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI
янв.21
"Ahil" mahallasida mahalla yettiligi faoliyati va fuqarolar murojaatlari muhokama qilindi
янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashining 28-Chimboy saylov okrugidan saylangan deputatlik o‘rni vakant bo‘lganligi munosabati bilan fuqaro murojaatlari yuzasidan joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
“G‘alaba bog‘i”da “Xalq bilan birga” umummilliy loyihasi doirasida sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
Sayyor qabul – aholi murojaatlariga amaliy yechim maydoni
янв.21
‼️ENG MUHIM QONUNLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI
янв.21
“Damariq” kanali bo‘yidagi issiqxonalar faoliyati o‘rganildi
янв.21
Qichqiriq” mahallasida navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
Navbatdagi sayyor qabul “Chinobod” mahallasida o‘tkazildi
янв.21
Yoshlar – milliy tiklanish va taraqqiyot tayanchi
Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashi

Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashi deputati G.Saitboyev tomonidan Sardoba tumani Otayurt mahallasida istiqomat qiluvchi, alohida nazoratda turuvchi nizoli oila a’zosi Abdumuratova Dilnoza bilan profilaktik suhbat o‘tkazildi.
Suhbat davomida oiladagi ijtimoiy-ma’naviy muhit, oila a’zolari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar, farzandlar tarbiyasi hamda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan turli nizolarning oldini olish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, fuqaroga mavjud muammolarni qonuniy va tinch yo‘l bilan hal etish, oilada sog‘lom muhitni shakllantirish hamda jamiyatda faol fuqarolik pozitsiyasini namoyon etish yuzasidan zarur tavsiya va tushuntirishlar berildi.
Uchrashuv davomida fuqaroning murojaat va takliflari tinglanib, aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy yordam ko‘rsatish choralari belgilandi.
Bunday profilaktik tadbirlar oilalarda tinchlik va totuvlikni mustahkamlash, nizoli vaziyatlarning oldini olish hamda fuqarolarning huquqiy madaniyatini yuksaltirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 2