Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashi deputati S. Allayorov maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi xodimlari, MTT rahbarlari, hokim yordamchilari hamda ijtimoiy xodimlar ishtirokida O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 10-maydagi “Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida”gi 537-son Qonuni ijrosi yuzasidan davra suhbati o‘tkazdi.
Tadbirda davlat-xususiy sheriklik asosida ta’lim sohasini rivojlantirish, bolalarni maktab va maktabgacha ta’limga keng jalb etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi. Ishtirokchilar tomonidan mavjud muammolar va ularning yechimlari yuzasidan fikr-mulohazalar bildirilib, deputat qonun ijrosini mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda yanada samarali tashkil etish bo‘yicha takliflarini ilgari surdi. 🤝