Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Haftalik ish rejaga muvofiq: "Paxta" MFYda aholi murojaatchilari bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
“Ko‘chama-ko‘cha deputat daftari” – fuqarolar muammolarini manzilli hal etishning samarali mexanizmi
янв.21
Haftalik ish rejaga muvofiq, "Ibrohim ota" mahallasida ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
"Dolzarb-90 kun" dasturi ijrosi deputatlik nazorati
янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengash raisi Shaxnoza Umarxodjayeva 2026-yilning ikkinchi choragi bo‘yicha axborot berdi
янв.21
Mahallada xotin-qizlar faoli faoliyati va fuqarolar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
‼️ ENG MUHIM QONUNLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI
янв.21
⚽️ Yoshlar sporti va mahalla infratuzilmasi - deputat e’tiborida
янв.21
“Damariq” kanali hududida olib borilayotgan qurilish va obodonlashtirish ishlari deputatlik nazoratida
янв.21
ENG MUHIM QONUNLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI
Xalq deputatlari viloyat Kengashining navbatdagi o'ttiz birinchi sessiyasi 16-iyun kuni Kengashlar uyi binosida o‘tkazildi.

Xalq deputatlari viloyat Kengashining navbatdagi o'ttiz birinchi sessiyasi 16-iyun kuni Kengashlar uyi binosida o‘tkazildi.

Sessiya ishini Kengashi raisi Sh.Negmatov olib bordi.
Sessiyada Oliy Majlis Senati a'zolari, viloyat Kengashi deputatlari, viloyat hokimining o'rinbosarlari, tegishli boshqarma va tashkilot rahbarlari, shahar va tuman mas'ullari ishtirok etishdi.
Sessiya ishida bir qator masalalar ko'rib chiqildi va tegishli qarorlar qabul qilindi.

Sessiya kun tartibida quyidagi masalalar koʻrib chiqildi:


• “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasi Samarqand viloyati boshqarmasi boshlig‘i R.Xatamovning hisoboti haqida;

• Ekologik vaziyatni yaxshilash, chiqindilarning insonlar sog‘lig‘iga zararli ta’sirining oldini olish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, sanitariya va ekologik holat sifatini oshirish borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan viloyat Ekologiya va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi boshlig‘i A.Qurbonovning hisoboti haqida;

• O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Bola huquqlari bo‘yicha vakili (Bolalar ombudsmani)ning Samarqand viloyatidagi mintaqaviy vakili X.Raxmanovning 2025-yilda bola huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining himoya qilinishi holati to‘g‘risida ma’ruzasi haqida;

• o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida;

• yuridik shaxslarning mol-mulk solig‘i, yer solig‘i va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq to‘lash muddatini kechiktirish (bo‘lib-bo‘lib to‘lash) to‘g‘risida;

• Pastdarg‘om tumanidan birlashtirish va ixchamlashtirishga tushgan mahallalarning chegaralarini belgilash to‘g‘risida;

• Urgut tumanidan birlashtirish va ixchamlashtirishga tushgan mahallalarning chegaralarini belgilash to‘g‘risida;

• Qo‘shrabot tumanidan birlashtirish va ixchamlashtirishga tushgan mahallalarning chegaralarini belgilash to‘g‘risida;

• Paxtachi tumanidan birlashtirish va ixchamlashtirishga tushgan mahallalarning chegaralarini belgilash to‘g‘risida;

• viloyat mahalliy byudjetining 2026-yil 1-yanvar holatiga shakllangan erkin qoldiq mablag‘laridan foydalanish to‘g‘risida;

• Samarqand viloyatida drayver loyihalarni amalga oshirish uchun zarur infratuzilma obyektlarining manzilli ro‘yxatiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida;

• “O‘zbekiston Temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati tomonidan 8 ta tezyurar elektropoyezd xarid qilish loyiha konsepsiyasini ma’qullash to‘g‘risida;

• jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkasini olib qo‘yish bo‘yicha taqdimot materiallarini ko‘rib chiqish va mulkdorlar bilan ochiq muhokama o‘tkazishga ruxsat berish to‘g‘risida.

Slide 1 of 10