O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonuni talablariga muvofiq, tumanning “Chinor” mahallasida istiqomat qiluvchi fuqarolarning murojaati O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan saylangan deputat M.Ashurov tomonidan joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
🔺O‘rganish jarayonida yer uchastkalari va uy-joylarga oid kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish jarayonida yuzaga kelayotgan muammolar, shuningdek, ichki ko‘chalarning ta’mirtalab holatga kelib qolgani, aholi harakati uchun qulay sharoit yaratish zarurati yuzasidan bildirilgan taklif va mulohazalar murojaat mualliflari ishtirokida ko‘rib chiqildi.
🔺O‘rganish yakunlari bo‘yicha murojaatlarda ko‘tarilgan masalalarni bosqichma-bosqich hal etish, mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda zarur choralarni ko‘rish hamda ijrosini nazoratga olish yuzasidan tegishli vazifalar belgilab olindi.