Xalq deputatlari tumani Kengashi deputati D.Xasanova hamda Kengash kotibiyati xodimi U.Ruzmetov tomonidan tumandagi Yangiobod mahallasida yashovchi fuqaro Sh.Ibragimovning murojaati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
🔍 Murojaatda tomorqa yerlarini sug‘orish uchun foydalaniladigan suv nasosining ishchi holatda emasligi, shuningdek, mahalla hududiga oqib keluvchi oqova suv yo‘llarining chiqindi uyumlari bilan to‘silib qolganligi ma’lum qilindi.
💧 O‘rganish davomida murojaatda ko‘rsatilgan holatlar joyida ko‘zdan kechirilib, mavjud muammolarni bartaraf etish bo'yicha chora-tadbirlar belgilandi.
📨 Mazkur masalalarni yuzasidan deputat D.Xasanova tomonidan Shovot tumani Obodonlashtirish boshqarmasiga deputatlik so‘rovi yuborilishiga kelishib olindi.
✅ Fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish hamda muammolarni bartaraf etish bo‘yicha ishlar davom ettirilmoqda.