Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputati D.Xasanova hamda Kengash kotibiyati xodimi U.Ruzmetov tomonidan tumandagi Yangiobod mahallasida fuqaro D.Jumaniyazovning og‘zaki murojaati asosida joyiga chiqqan holda o‘rganish o‘tkazildi.
🔍 O‘rganish O‘zbekiston Respublikasining “Chiqindilar to‘g‘risida”gi O‘RQ-362-II-son Qonuni ijrosi yuzasidan amalga oshirildi.
♻️ Murojaatda mahalla hududidagi qattiq maishiy chiqindilar o‘z vaqtida olib chiqib ketilmayotgani yuzasidan muammo ko‘tarilgan.
📍“Eko Klaster” MCHJ rahbari E.Achilov bilan bog‘lanildi hamda masalani bartaraf etish yuzasidan tegishli choralar ko‘rildi.
🚛 Natijada mahallada to‘planib qolgan maishiy chiqindilar olinib, fuqaro murojaatida ko‘rsatilgan muammo ijobiy hal etildi.
✅ Fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish hamda hududlarda mavjud muammolarni tezkor bartaraf etish bo‘yicha amaliy ishlar izchil davom ettirilmoqda.