Hokim yordamchi faoliyati o‘rganildi
Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tumani Kengashi deputati O. Karimov tomonidan Bekobod mahallasida hokim yordamchisi Odamboyev Murodbek faoliyati o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida hokim yordamchisi tashabbusi bilan ajratilgan imtiyozli kreditlar asosida yo‘lga qo‘yilgan tadbirkorlik loyihalari bilan yaqindan tanishildi. Xususan, fuqarolarning bandligini ta’minlash, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish hamda aholi daromadlarini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar e’tirof etildi.
Jumladan:
Abdullayev Komiljon tomonidan tashkil etilgan savdo do‘koni faoliyati;
Abdullayev Hudayor xonadoniga o‘rnatilgan 10 kVt quvvatga ega quyosh paneli loyihasi;
Migratsiyadan qaytgan Tillayev Dastonbekning sartaroshxona faoliyati o‘rganildi.
Deputat tomonidan mazkur loyihalar aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash hamda mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga munosib hissa qo‘shayotganligi ta’kidland