Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashi deputati Azamat Mamatmuratov tomonidan tuman soliq inspeksiyasiga deputatlik so‘rovi yuborildi.
So‘rovda “Qoratepa”, “Guliston” va “Jiyanbobo” mahallalarida joriy etilayotgan “Mahalla byudjeti” tizimi doirasida 2026 yilning dastlabki 5 oyida mol-mulk va yer solig‘idan tushgan mablag‘lar hamda ularning 10 foizi miqdorida mahallalarga qaytarilgan mablag‘lar to‘g‘risida ma’lumot taqdim etish so‘ralgan.
Mazkur so‘rov mahalla byudjeti mablag‘larining shakllanishi va ulardan samarali foydalanish ustidan deputatlik nazoratini ta’minlash maqsadida yuborilgan.
✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati
🕊Telegram 💬Facebook 🌐E-kengash 📸Instagram ▶️YouTube 🌐 oltinsoy.uz