Tuman markazidagi sport infratuzilmasini yaxshilash masalalari o‘rganildi
Xalq deputatlari Oltiariq tuman Kengashi deputatlari A.Yursunov, R.Uzaqov, tuman hokimi maslahatchisi
M.Axmedov va mas’ullardan iborat ishchi gurux tuman markazidagi Sport maktab futbol o‘yingoxi xolatini o‘rganishdi. O‘rganish mobaynida o‘yingox atrofi asfalt qoplamasi yaroqsiz xolatga kelganligi, o‘yingoxda
sport bilan shug‘ullanish uchun inventarlar yetarali emasligi hamda umum foydalanishdagi binoni ta’mirlash lozimligi aniqlandi. Yuqoridagi kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan Xalq deputatlari tuman Kengashi doimiy komissiyasi yig‘ilishida muhokama o‘tkazilishi, zarur hollarda mas’ullarga deputatlik so‘rovlari
yuborilishi belgilab olindi.