Xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi.
Xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashining 23-Toshrabot saylov okrugidan saylangan deputat Sh.Usmonova O‘rtaqo‘rg‘on mahallasida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini o‘rgandi.
O‘rganish davomida mahalladagi xotin-qizlarning bandligini ta’minlash, ularning ijtimoiy muammolarini hal etish, tadbirkorlikka jalb qilish, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etish hamda ehtiyojmand oilalar bilan ishlash borasida olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi.
Shuningdek, xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan tashabbuslar va erishilgan natijalar muhokama qilinib, faoliyat samaradorligini yanada oshirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
Mazkur o‘rganishlar mahallalarda xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyatdagi faolligini oshirish hamda mavjud muammolarini manzilli hal etishga xizmat qilmoqda.