Chiqindilarni olib chiqish holati o‘rganildi.
Xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashining 12-Xusbuddin saylov okrugidan saylangan deputat L.Niyozova Demas mahallasining 16-Oilaviy poliklinika hududida maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holatini o‘rgandi.
O‘rganish jarayonida hududning sanitariya holati, chiqindilarni yig‘ish va olib chiqish ishlari, aholi uchun yaratilgan sharoitlar hamda xizmat ko‘rsatish sifati ko‘zdan kechirildi.
Aniqlanishicha, hududda maishiy chiqindilar belgilangan jadval asosida o‘z vaqtida olib chiqilmoqda. Bu esa mahallada sanitariya-tozalikni ta’minlash, ekologik muhitni yaxshilash va aholi salomatligini muhofaza qilishga xizmat qilmoqda.