Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi deputati Oydin Daniyarxodjayeva “Gulzorobod” mahallasida “mahalla yettiligi” bilan uchrashib, mahalladagi ijtimoiy xodim tomonidan aholining ijtimoiy toifalariga ko‘rsatiladigan xizmatni sifatli tashkil etilishi, kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash hamda to‘lash ishlarining samarali olib borilayotgan ishlarni o‘rgandi.
O‘rganish jarayonida deputat belgilangan chora-tadbirlar bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan mutasaddi vakillar bilan suhbatlar o‘tkazib, mahalladagi fuqarolar tomonidan bildirilgan muammolar bo‘yicha uchrashuvlar o‘tkazdi.
Shuningdek, hudud profilaktika inspektori bilan hududdagi jinoyatchilikka qarshi kurashish holati va jinoyatchilikni bartaraf qilish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar samaradorligini yanada oshirish xaqida suhbatlashildi.