✅Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashining 15-Gulbog‘ saylov okrugidan saylangan deputati I. Xalmatov “Gulbog‘” mahallasida bo‘lib, mahallada aholi farovonligini oshirish, bandlikni ta’minlash hamda tadbirkorlikni rivojlantirish yo‘nalishlarida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.
✅Tashrif davomida deputat mahalla hokim yordamchisi tomonidan fuqarolarni ish bilan ta’minlash, daromad manbalarini kengaytirish, yangi loyihalarni hayotga tatbiq etish va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash borasida olib borilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirdi.
✅Shuningdek, mavjud muammolar va ularning yechimi yuzasidan fikr almashilib, kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar muhokama qilindi.
✅Mahallalarda olib borilayotgan bunday amaliy ishlar aholi turmush darajasini yuksaltirish va hududlarni yanada rivojlantirishga xizmat qilmoqda.