Xalq deputatlari Paxtakor tuman Kengashi deputati A.Avazov Paxtakor tuman “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi tomonidan YUR-18-1 kanalida betonlashtirish ishlari holatini o'rgandi.
Umumiy uzunligi 9,2 kilometrni tashkil etuvchi kanalning PK-47 piketida 1,0 kilometr uzunlikdagi qismida betonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.
Mazkur kanal orqali A. Ikromov, A. Temur, Boʻston, Samarqand hamda Baxmal hududlaridagi 11 500 gektar yer maydonlariga suv yetkazib beradi.
Betonlashtirish ishlariga maxsus texnika va mexanizmlar hamda ishchi xodimlar jalb etilgan holda texnik talablarga toʻliq rioya qilinayotganligi ta'kidlandi.