Termiz shahar Kengashida favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish masalasi muhokama qilinmoqda
Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 20-oktabrdagi PF–185-sonli “Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan ishonchli muhofaza qilish sohasini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosi doirasida Termiz shahrida amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha muhokama qilinmoqda.
📌 Kun tartibidagi asosiy masala — 2026-yilning I choragi davomida favqulodda vaziyatlarning oldini olish, yong‘in xavfsizligini ta’minlash, aholi va hududlarni muhofaza qilish hamda sohaga oid tizimli chora-tadbirlarning samaradorligini tahlil qilishdan iborat bo‘ldi.
💬 Yig‘ilish davomida shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i tomonidan hisobot taqdim etilib, unda: ▶️ yong‘in xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha olib borilgan profilaktik tadbirlar; ▶️aholi o‘rtasida targ‘ibot va tushuntirish ishlari; ▶️ favqulodda holatlarga tezkor javob berish tizimi; ▶️ mavjud muammolar va ularni bartaraf etish choralari yuzasidan batafsil ma’lumot berildi.
💬 Muhokamalar davomida doimiy komissiya a’zolari tomonidan sohaga oid mavjud muammolar, hududlarda xavfsizlik infratuzilmasini mustahkamlash, aholi xabardorligini oshirish hamda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha amaliy takliflar ilgari surildi.
💬 Shuningdek, mas’ul tashkilotlarga yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya etilishi ustidan nazoratni kuchaytirish, ijtimoiy soha obyektlari va ko‘p qavatli uy-joylarda profilaktik o‘rganishlarni davom ettirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
✔️Yig‘ilish yakunida mazkur masalani xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritish bo‘yicha tegishli qaror qabul qilindi.
🫥Mas’ullar: Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi — A. Mustafakulov.