Mahalla xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi faoliyati o'rganildi
Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi kotibiyati mudiri, O‘zXDP partiyasidan 2-Hamza saylov okrugidan saylangan deputat Asqar Baxramov tomonidan Kengash ish rejasiga asosan mahalla xotin-qizlar faoli L.Po‘latxo‘jayeva faoliyati o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida quyidagi natijalar qayd etildi:
📊 7-bosqich “Ayollar daftari” doirasida jami 110 nafar xotin-qiz ro‘yxatga olingan:
🔹 1-toifa (ishsizlar) – 58 nafar
🔹 2-toifa (kredit olish istagida bo‘lganlar) – 2 nafar
🔹 3-toifa – 25 nafar
🔹 4-toifa – 25 nafar
🔹 5-toifa – 20 nafar
🎓 10 nafar xotin-qiz tadbirkorlikka o‘qitilgan
💼 15 nafarining bandligi rasmiylashtirilgan
🛠 Kasb-hunarga yo‘naltirish ishlari amalga oshirilgan
📌 Mahalla hududidagi jami xotin-qizlar soni – 2325 nafar
Mazkur o‘rganish natijalari mahallada xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash borasida tizimli ishlar olib borilayotganini ko‘rsatadi.