Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
“G‘alaba bog‘i”da “Xalq bilan birga” umummilliy loyihasi doirasida sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
Sayyor qabul – aholi murojaatlariga amaliy yechim maydoni
янв.21
‼️ENG MUHIM QONUNLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI
янв.21
“Damariq” kanali bo‘yidagi issiqxonalar faoliyati o‘rganildi
янв.21
Qichqiriq” mahallasida navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
Navbatdagi sayyor qabul “Chinobod” mahallasida o‘tkazildi
янв.21
Yoshlar – milliy tiklanish va taraqqiyot tayanchi
янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi kotibiyati faoliyati yaqindan tanishildi
янв.21
Bugun 30-iyun — O‘zbekistonda «Yoshlar kuni»
янв.21
ENG MUHIM QONUNLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI
“HUDUD SANITARIYA HOLATI VA INFRASTRUKTURA MUAMMOLARI O‘RGANILDI”

“HUDUD SANITARIYA HOLATI VA INFRASTRUKTURA MUAMMOLARI O‘RGANILDI”

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Irgasheva Nilufar Uralovna Navoiy shahridagi “Tinchlik” mahallasida bo‘lib, hududdagi chiqindilar holati hamda ko‘cha infratuzilmasini o‘rgandi.

O‘rganish jarayonida mahalla hududidagi oqova suv tizimida ayrim muammolar mavjudligi, buning natijasida ko‘chalarda suv to‘planib qolayotgani hamda sanitariya holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgani aniqlangan holatlar ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish, ko‘chalarni toza saqlash va obodonlashtirish ishlari yuzasidan mavjud vaziyat tahlil qilinib, tegishli mutasaddilarga kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha aniq topshiriqlar va tavsiyalar berildi.

Ta’kidlanganidek, mahalla hududlarida sanitariya holatini yaxshilash, oqova suv tizimidagi muammolarni bartaraf etish hamda aholiga qulay va toza yashash muhitini yaratish ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi.

O‘rganish yakunida aniqlangan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar belgilab olindi.

Slide 1 of 4