Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Haftalik ish rejaga muvofiq: "Paxta" MFYda aholi murojaatchilari bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
“Ko‘chama-ko‘cha deputat daftari” – fuqarolar muammolarini manzilli hal etishning samarali mexanizmi
янв.21
Haftalik ish rejaga muvofiq, "Ibrohim ota" mahallasida ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
"Dolzarb-90 kun" dasturi ijrosi deputatlik nazorati
янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengash raisi Shaxnoza Umarxodjayeva 2026-yilning ikkinchi choragi bo‘yicha axborot berdi
янв.21
Mahallada xotin-qizlar faoli faoliyati va fuqarolar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
‼️ ENG MUHIM QONUNLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI
янв.21
⚽️ Yoshlar sporti va mahalla infratuzilmasi - deputat e’tiborida
янв.21
“Damariq” kanali hududida olib borilayotgan qurilish va obodonlashtirish ishlari deputatlik nazoratida
янв.21
ENG MUHIM QONUNLAR MAHALLIY DEPUTATLAR O‘RTASIDA TAQSIMLANDI
Kengash o'rganish

 Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi kotibiyati mudiri Otabek Anarov tomonidan
Ohangaron tumani Kengashida qabul qilinayotgan sessiya qarorlarining amaldagi holati
atroflicha o‘rganildi
.
 

O‘rganish jarayonida qarorlarning ijrosi,
ularning hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishga ta’siri, shuningdek, qabul qilinayotgan
hujjatlarning qonunchilik talablariga muvofiqligi tahlil qilindi.
 

Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi
Oliy Majlis Senati Kengashining 54-sonli qarori asosida mahalliy Kengashlarda hisobot
va axborotlarni eshitish tartibi ham amaliy jihatdan ko‘rib chiqildi. Mazkur tartib
asosida mansabdor shaxslarning faoliyati ustidan deputatlik nazoratini kuchaytirish,
hisobotlarni sifatli va tizimli tashkil etish, ularning ochiqligi hamda shaffofligini
ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
 

O‘rganish yakunlari yuzasidan tegishli
taklif va tavsiyalar ishlab chiqilib, kelgusida sessiya qarorlarining samaradorligini
oshirish hamda hisobotlarni eshitish mexanizmlarini yanada takomillashtirish bo‘yicha
zarur chora-tadbirlar belgilandi.
  

Slide 1 of 4