Xalq deputatlari Qibray tuman Kengashi 3-okrug deputati A.Tadjibayev hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi A.Ashirmatov tomonidan “Shalola” mahallasida xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi.
O‘rganish davomida xotin-qizlar faoli tomonidan mahalladagi xotin-qizlarning ijtimoiy-iqtisodiy holatini yaxshilash, ularning bandligini ta’minlash, muammolarini aniqlash va manzilli hal etish, ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
Shuningdek, oilalarda sog‘lom ma’naviy muhitni mustahkamlash, erta nikoh va ajrimlarning oldini olish, xotin-qizlar o‘rtasida huquqiy madaniyatni oshirish hamda ularni tadbirkorlikka jalb etish yo‘nalishidagi faoliyatiga alohida e’tibor qaratildi.
O‘rganish yakunida faoliyat samaradorligini yanada oshirish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.