Xalq deputatlari Termiz tumani Kengashining o‘n yettinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
Bugun Xalq deputatlari Termiz tumani Kengashining yettinchi chaqiriq o‘n yettinchi sessiyasi o‘tkazildi. Sessiya davomida deputatlar kun tartibiga kiritilgan 22 ta masalani atroflicha ko‘rib chiqdilar.
Xususan, tuman hokimi, prokuror, Ichki ishlar va boshqa mas'ullarning masalalar yuzasidan hisobotlari tinglandi.
Deputatlar har bir masala yuzasidan keng muhokamalar o‘tkazib, mas’ullardan savollariga javoblar, holatlar yuzasidan izohlar oldilar. Yakunda, kun tartibidagi har bir masala bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilindi.
Sessiya ishi tuman hokimligi Axborot xizmatining YouTube platformasidagi rasmiy sahifasi (https://www.youtube.com/channel/UCVg2svceNb87NLkPgACjeqg) orqali jonli efirga (https://www.youtube.com/live/ZACQZv_QI0I) uzatildi.