Xalq deputatlari Shahrisabz tumani Kengashi kotibiyati mudiri L.Mamadiyorov o‘z saylov okrugidagi “Shanbe” MFYda bo‘lib, aholi muammolarini o‘rgandi.
Ushbu jarayonda tuman hokimi o‘rinbosari Sh.Hayitova, Nuroniylar kengashi raisi B.Saidov hamda ichki ishlar va kadastr xizmati xodimlari ham ishtirok etishdi. Tashrif davomida ko‘pdan buyon davom etib kelayotgan nizoli oilaning murojaati atroflicha ko‘rib chiqildi.
Mutasaddilarning aralashuvi va tushuntirish ishlari natijasida tomonlar o‘zaro yarashtirildi. Nizoga sabab bo‘lgan mulkiy masala ham ijobiy hal etildi: xonadon hisobidan alohida xo‘jalik uchun kadastr hujjatlari rasmiylashtirib beriladigan bo‘ldi. Bu bilan oiladagi hamjihatlik qayta tiklanib, uzoq yillik muammoga nuqta qo‘yildi.