Deputatlik so‘rovi yuborildi
➡️ Sherobod tumani Kengashining 14-Yoshlik-Nurtepa saylov okrugi deputati N.Himmatova tomonidan Yoshlik mahallasida istiqomat qiluvchi saylovchilar tomonidan og‘zaki murojaat kelib tushdi.
📌 O‘rganish jarayonida aniqlanishicha, Yoshlik mahallasi U.Yusupov va U.Nosir ko‘chalarining 400 metr qismi ta’mir talab ahvolda ekanligi aniqlandi.
📝 Mazkur muammoni bartaraf etish maqsadida Obodonlashtirish boshqarmasi Sherobod tuman bo‘limga deputatlik so‘rovi yuborilib, holat yuzasidan qonunda belgilangan muddatlarda yozma ma’lumot taqdim etish so‘raldi.