Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Zamondosh MFYda sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
Olmazor tumani Ahil MFYda I chorak yakunlari bo‘yicha uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashining joriy hafta uchun ish rejalari belgilandi.
янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi deputati Tibbiyot anjumanida ishtirok etdi
янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi raisi Shaxnoza Umarxodjayeva boshchiligida “Yuqori Beshqorg'on” mahallasida ayollar uchun ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Olmazor tumanida joylashgan 535-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
“Uch avlod uchrashuvi” – Quyosh mahallasida samimiy muloqot tashkil etildi
янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati Ibaydullo Mamajanov 2026-yilning birinchi choragi bo‘yicha axborot berdi
янв.21
Xalq bilan muloqot – deputat faoliyatining ustuvor yo‘nalishi
янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi deputatlari T. Bobomuratov va D. Raxmatullayev hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi U. Shopotixovlar, Xalq demokratik partiyasi Olmazor tumani Kengashi raisi X.Xamidov, shuningdek tuman Iqtisodiyot va moliya bo‘limi mas’ul xodimi ishtirokida Olmazor tumanidagi 28-sonli umumta’lim maktabida Guruchariq mahalla fuqarolari uchun navbatdagi sayyor qabul tashkil etildi.
Jismoniy tarbiya va sport – millat salomatligi va kelajagi poydevori

Jismoniy tarbiya va sport – millat salomatligi va kelajagi poydevori

Mamlakatimizda sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish, yosh avlodni har tomonlama barkamol etib tarbiyalash masalalari davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qolmoqda. Shu nuqtai nazardan, Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan jismoniy tarbiya va sport sohasidagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi muhim ahamiyat kasb etdi.

Mazkur yig‘ilishda sohani yanada rivojlantirish, aholining barcha qatlamlarini, ayniqsa yoshlarni sportga keng jalb etish, mavjud infratuzilmadan samarali foydalanish hamda xalqaro maydonda mamlakatimiz sportchilari nufuzini oshirish bo‘yicha dolzarb vazifalar belgilab berildi.

Bugungi kunda yurtimizda sportni ommalashtirish borasida sezilarli ishlar amalga oshirilmoqda. Hududlarda yangi sport inshootlari barpo etilmoqda, mavjudlari rekonstruksiya qilinmoqda. Shu bilan birga, sport maktablari faoliyatini yanada takomillashtirish, malakali murabbiylar tayyorlash va ularning ijtimoiy qo‘llab-quvvatlanishini kuchaytirish zarurati alohida ta’kidlandi.

Yig‘ilishda qayd etilganidek, sport – bu nafaqat jismoniy chiniqish vositasi, balki yoshlar tarbiyasining muhim omilidir. U intizom, iroda, vatanparvarlik kabi fazilatlarni shakllantirishda katta o‘rin tutadi. Shu bois, har bir mahalla, har bir ta’lim muassasasida sport muhitini yaratish ustuvor vazifa bo‘lib qolmoqda.

Shuningdek, nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun sport imkoniyatlarini kengaytirish, xotin-qizlar sportini rivojlantirish, milliy sport turlarini qo‘llab-quvvatlash masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi. Bu esa jamiyatda inklyuzivlik va teng imkoniyatlar tamoyillarini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Deputat sifatida ta’kidlash joizki, mazkur yo‘nalishda qonunchilik bazasini takomillashtirish, ajratilayotgan mablag‘larning maqsadli va samarali sarflanishi ustidan parlament nazoratini kuchaytirish dolzarb vazifalardan biridir. Zero, sog‘lom avlod – Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining eng muhim omilidir.

Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, videoselektor yig‘ilishida belgilab berilgan vazifalar ijrosi nafaqat sport sohasining rivojiga, balki jamiyatimizning umumiy farovonligiga xizmat qiladi. Har birimiz bu jarayonda faol ishtirok etib, sog‘lom va barkamol avlodni tarbiyalashga o‘z hissamizni qo‘shishimiz zarur.

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Abdiganiyev Abror Asliddin o‘g‘li

Slide 1 of 1