📣 «TO‘QIMACHILAR» MAHALLA FUQAROLAR YIG‘INIDA IJTIMOIY XIZMAT FAOLIYATI BILAN DEPUTAT TANISHDI
📌Xalq deputatlari Farg‘ona shahar Kengashi deputati J.Arslonov «To‘qimachilar» MFY ijtimoiy xodimining joriy yil 1-choragi davomida amalga oshirgan ishlari bilan tanishdi.
2026-yilning 1-choragi davomida «To‘qimachilar» mahalla fuqarolar yig‘ini hududida istiqomat qiluvchi nogironligi bo‘lgan fuqarolar va ehtiyojmand oilalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash borasida qator amaliy ishlar olib borildi.
✅ Jumladan:
🔹 3 nafar fuqaro reabilitatsiya vositalari va texnik jihozlar bilan ta’minlandi (eshitish apparati, nogironlik aravachasi hamda ortopedik vositalar).
🔹 “Faol hayotga qadam” dasturi doirasida 1 nafar nogironligi bo‘lgan fuqaroga uy sharoitida qarab turish xizmati yo‘lga qo‘yilib, qarovchi shaxsga oylik daromad belgilandi.
🔹 2 nafar fuqaro doimiy ish bilan ta’minlandi.
🔹 Vasiylikka olingan bolalarning yashash sharoitlari o‘rganilib, doimiy monitoring ishlari amalga oshirildi.
🔹 “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi orqali:
8 nafar fuqaroga oziq-ovqat mahsulotlari,
1 nafar fuqaroga kiyim-kechak yetkazib berildi.
🔹 Ramazon oyi munosabati bilan:
5 nafar yakka yolg‘iz shaxslarga,
5 nafar nogironligi bo‘lgan shaxslarga,
16 nafar davlat ta’minotidagi oilalarga moddiy yordam ko‘rsatildi.
🔹 Shuningdek:
8 nafar kambag‘al oilalarga 500 000 so‘mdan,
4 nafar ehtiyojmand oilalarga qo‘shimcha 500 000 so‘mdan moddiy yordam ajratildi.
📌 Umumiy natijalar:
Jami qamrab olinganlar: 47 nafar
Reabilitatsiya yordami olganlar: 3 nafar
Oziq-ovqat yordami olganlar: 8 nafar
Amalga oshirilgan ishlar aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning turmush darajasini yaxshilashga xizmat qilmoqda.
🔗Xalq deputatlari Fargʻona shahar Kengashi
👉 https://t.me/farkengashrasmiy
https://www.facebook.com/groups/554941778978408/?ref=share&mibextid=NSMWBT