Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashining Mahalliy budjetni shakllantirish, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish masalalari bo`yicha doimiy komissiya yig‘ilishi bo'lib o'tdi.
янв.21
Olmazor tumani Bo`stonobod mahalla fuqarolar yig`inlaridagi moshinalar qatnaydigan yo‘l va piyodalar xarakatlanadigan yo‘lak ta’mir talab ahvoldaligi yuzasidan deputatlik so‘rovi kiritildi.
янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi deputati A.Xasanov, XDP partiyasi Olmazor tuman Kengash raisi X.Xamidovlar ishtrokida 315-sonli umumta’lim maktabdagi o’qituvchilar murojaatini tinglandi.
янв.21
Xalq vakili MFYda "yettilik" vakillari bilan uchrashib, 24 ta tavsiyaviy savolnoma bo‘yicha suhbat olib bordi
янв.21
Olmazor tumani Orzu mahalla fuqarolar yig`inlariga hududida joylashgan Nuroniylar maskani masalasi yuzasidan deputatlik so‘rovi kiritildi.
янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati Umida Fayziyeva 2026-yilning birinchi choragi bo‘yicha axborot berdi
янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashining haftalik ish rejasi e’lon qilindi
янв.21
Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari xodimlarining malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv kurslarida “Mahalliy Kengash deputatlari va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari hamkorlik munosabatlari” mavzusida seminar tashkil etildi.
янв.21
Olmazor tumani Ziyokor Mahalla fuqarolar yig`inlarida uchrashuv o`tkazildi.
янв.21
Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida yoshlarning  taklif va mulohazalari tinglandi
Doimiy komissiya yig'ilishi o'tkazildi Romitan tumanida “Tashabbusli budjet” jarayonining 2026-yil 1-mavsum yakunlariga koʻra “Openbudget.uz” portalida gʻolib deb topilgan loyihalarni amalga oshirish hamda moliyalashtirish tuman Kengashining mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi ko'rib chiqdi.
O‘zbekiston Respublikasi Romitan tumani “Tashabbusli budjet” jarayonining 2026-yil 1-mavsumi yakunlangan. Fuqarolar tomonidan 111 ta taklif berilgandi, 16 tasi rad etilgandi. Ovoz berish jarayoni 11-fevraldan 20-martgacha davom etdi. Yakunda Openbudget.uz portali asosida 8 ta taklif g‘olib bo‘ldi. Shu jumladan, 1 ta taklif Agrotexnologiyalar texnikumini ta’mirlash bilan, qolgan 7 tasi yo‘llarni ta’mirlash tadbirlarini qamrab olgan. Fuqarolar tomonidan jami 51 761 ovoz yig‘ilgan.Cocoon AI Summary

PQ-5072-sonli va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 30-yanvardagi KQ-666-IV-sonli hamda 2025-yil 17-dekabrdagi KQ-280-V-sonli qarorlarida belgilangan vazifalarning ijrosini tizimli ravishda tashkil qilib borish zarurligi va mablag‘larni jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarga yo‘naltirish tartibi belgilangan.

Ushbu tadbirlar uchun tumanda bir qator amalga oshirildi. Jumladan; Tumanda fuqarolarni qiynab kelayotgan muammolar bo‘yicha joriy yil “Tashabbusli budjet” jarayonining 1-mavsumi uchun jami 13149,0 mln.so‘m mablag‘ ajratilgan.

Fuqarolar tomonidan taklif bildirish jarayoniga ruxsat etilgan 111 ta taklifdan 16 tasi rad etildi. Rad etilgan tadbirlar asoslantirilib, sabablari to‘g‘risida xabarnomalar yuborildi.

Tanlab olingan 95 ta taklif mas’ullar tomonidan qayta hisob-kitob qilinib, jamoatchilik o‘rtasida ovoz berish jarayoniga ruxsat berildi. Ovoz berish jarayoni joriy yilning 11-fevraldan 20-martgacha davom etdi. 

Ovoz berish yakuniga ko‘ra, Ochiq budjet (openbudget.uz) axborot portalida asosida jamg‘armada shakllangan mablag‘ doirasida eng ko‘p ovoz olganlardan boshlab, pastga qarab, 8 ta taklif “g‘olib” deb topildi. (manzilli ro‘yxat 1-ilova).

G‘olib deb topilgan 8 ta taklifdan 1 ta taklif tumandagi Agrotexnologiyalar texnikumini ta’mirlash tadbirlari va qolgan 7 ta taklif ichki yo‘llarni ta’mirlash bilan bog‘liq tadbirlaridan iborat.

Ovoz berish jarayoniga ruxsat etilgan jami 95 ta takliflar uchun ovoz berish yakuniga ko‘ra fuqarolar tomonidan jami 51 761 ta ovoz yig‘ilgan. 

Slide 1 of 1